Xato va kamchiliklar muhokama qilindi

Date:

Albatta, qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil olish uchun, suvlash hamda zaruriy agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim. Ana shundagina mo‘ljaldagi natijaga erishish mumkin. Afsuski, Sariosiyo tumanida 2023-yil g‘alla hosili uchun urug‘ qadalgan 2,5 ming gektar yer maydonida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlari, dala maydonlaridagi ariq va zovurlarni tozalashga mas’ullar sustkashlik qilishgan.
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev mas’ullar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashib, sohada olib borilayotgan ishlar, xato va kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tuman hokimi uchrashuvda sohada belgilangan ishlarni amalga oshirishda berilgan topshiriqlarni sifatli va muddatida bajarish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi. G‘alla parvarishini tizimli olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun