Zamonaviy nasldor qoramol kompleksi loyihasi amalga oshiriladi

Date:

Chorvachilikni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida veterinariya va chorvachilik sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tashkil etilgan seminarda viloyatdagi tuman va shahar rahbarlari, soha mutasaddilari hamda 500 ga yaqin chorvachilik fermeri ishtirok etdi. Unda naslchilikni rivojlantirish, veterinariya xizmatlarini raqamlashtirish, sun’iy urug‘lantirish tizimini keng joriy etish hamda yuqori genetik salohiyatga ega naslli qoramollarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Musurmon Aliyarov” fermer xo‘jaligida barpo etilayotgan 200 boshga mo‘ljallangan zamonaviy nasldor qoramol kompleksi loyihasi taqdim etildi. Seminar yakunida chorvachilik tarmog‘i samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun