Tizim takomillashtiriladi

Date:

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1160-son, 2026-yil 23-iyul) bilan Madaniy meros agentligining vakolatlari aniq belgilandi.

Endilikda agentlik moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, ushbu obyektlarni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib etish va ulardan foydalanishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, agentlik moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, tarixiy-madaniy ekspertizalarni tashkil etadi va o‘tkazadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun