Mulkiy resurs

Date:

Ko‘pchilik “munitsipal mulk” atamasini eshitgan bo‘lsa-da, uning mazmuni va qaysi obyektlarni qamrab olishini yaxshi bilmaydi. Aslida esa bu tushuncha mahalliy aholi manfaatlariga xizmat qiladigan muhim mulkiy resurslarni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik kodeksining 215-moddasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli mol-mulk munitsipal mulk hisoblanadi. Uning tarkibiga mahalliy hokimiyat organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi, kommunal xo‘jalik ob’ektlari, korxonalar va boshqa mulkiy majmualar kiradi. Shuningdek, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari ham munitsipal mulk tarkibidadir.
Mazkur mulkni boshqarish vakolati, odatda, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘ladi. Qonunchilikda boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, hokimliklar yoki ular vakolat bergan organlar ushbu mol-mulkni tasarruf etadi.
Qonunchilikka ko‘ra, munitsipal mulk ayrim yuridik shaxslarga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilishi ham mumkin. Masalan, maktablar, shifoxonalar yoki kommunal korxonalar o‘z faoliyatini yuritishi uchun bino va inshootlardan shu huquq asosida foydalanadi.
Munitsipal mulkning asosiy manbayi mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tushumlardir. Ayrim hollarda esa bunday mulk obyektlari belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, munitsipal mulk — bu mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan, hudud aholisi manfaatlariga xizmat qiladigan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan boshqariladigan mol-mulklar majmuasidir. Ularni samarali boshqarish hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

Sayyora Yo‘ldasheva,
viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun