12 yildan 14 yilgacha…

Date:

Giyohvandlik moddasi inson hayotiga og‘u misol ta’sir etib, organizmni yemira boshlaydi. Bu ofatni bizmes qilganlar esa qanchadan-qancha yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z domiga tortib, oilalar boshiga mash’um ko‘rgiliklarni solishadi. Qaniydi, ana shunday kimsalar avval pichoqni o‘zlariga urishsa… balki pul topishning bunday jirkanchli yo‘lini tutishmasmidi…
Termiz tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro Denov tumanida tojikistonlik shaxsdan 2 kilogramm “opiy” moddasini 14 ming AQSh dollariga sotib olib, kelgusida daromad ko‘rishni maqsad qilib, uyida saqlaydi. Bir muddat o‘tib, molga xaridor topishga erishadi. Bir emas, ikki xaridorga ushbu ajal og‘usini 40 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Giyohfurush qo‘lga tushib, begunoh kimsalarning hayoti saqlab qolindi. Aybdorlar Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ammo, bunday ishni kasb qilganlarning ildiziga bolta urmoq lozim. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov va surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan. Umid qilamizki, bu ishning ortida turganlar ham topilib, o‘z tegishini oladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya...

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...
KunTun
KunTun