Jarqoʻrgʻonda baliqchilik yanada rivojlantiriladi

Date:

Jarqo‘rg‘onda investitsiyalarni jalb etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan muhim loyihalar izchil davom etmoqda. Xususan, baliqchilikni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda.

Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Ilhom Saparov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashdi. Muzokaralarda zamonaviy baliqchilik majmualarini tashkil etish, intensiv usulda baliq yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash hamda yuqori sifatli baliq ozuqasi ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, loyihalar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda investitsiya tashabbuslarini qisqa muddatlarda hayotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun