Mahallalarda sport to‘garagi ochgan murabbiylar rag‘batlantiriladi

Date:

Mahallalarda sportni ommalashtirish va aholining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida o‘zini o‘zi band qilgan murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga ko‘ra, mahallalarda sport to‘garaklari tashkil etgan murabbiylar har yili 20-avgustga qadar sport maktablariga ariza topshiradi. Arizada to‘garak manzili, sport turi, mashg‘ulot ishtirokchilari soni hamda murabbiyning malakasi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Sport maktablari arizalarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, murabbiylarni o‘z tizimiga biriktiradi. Har bir tuman yoki shahardagi sport maktabiga ko‘pi bilan 5 nafar murabbiyni biriktirish mumkin.

Belgilangan talablarga rioya qilgan murabbiylarga sport maktabi treneri uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorida har oy rag‘bat puli to‘lanadi. Mazkur tartib mahallalarda sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish va malakali murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun