Ovoragarchilikning oldi olindi

Date:

Ma’lum bir sabablarga ko‘ra maktab ta’limini davom ettira olmay, shahodatnoma olmagan fuqarolar uchun ekternat tartibda imtihon topshirib, maktabni bitirganligi haqidagi shaodatnomani olish imkoni borligidan ko‘pchilik xabardor. Buning uchun sobiq o‘quvchi shahar yoki tumandagi xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilar, undan so‘ng o‘zi o‘qigan maktabiga borib, tabeldan ko‘chirma olardi va imtihon topshirish uchun ariza bilan murojaat qilardi. O‘tgan o‘quv yilida 11 mingdan ortiq fuqaro eksternat tartibida ariza topshirish uchun kamida 3 marotaba maktabga borishga majbur bo‘lgan. Bunday sarson-sargardonchilikning oldi olinib, endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) uydan chiqmagan holda onlayn topshiriladi. Natija esa 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Shuningdek, fuqaro faqat baholar tabeli va ma’lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan). Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun