Nagoya sari ishonchli qadam

Date:

Nogironligi bo‘lgan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari mamlakatimizda para sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.

Toshkent shahrida para yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Sharg‘un shahar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Ma’rufjon Murodulloyev T46/T47 klassida 1500 metrga yugurish bahslarida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba sportchining yuksak tayyorgarligi va mahoratini yana bir bor namoyon etdi. E’tiborlisi, Ma’rufjon Murodulloyev 2026-yil 18–24-oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Uning ushbu nufuzli musobaqadagi ishtiroki yurtimiz para sporti rivoji va xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...

Muzrabotda qurilish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Sherobodda ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi

25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi...

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulchilik tajribasini o‘rganmoqda

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva...
KunTun
KunTun