Imtiyozli kreditlar tadbirkorlik rivojiga xizmat qilmoqda

Date:

Uzun tumanida mahalla bankerlari ko‘magida aholini tadbirkorlikka jalb etish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Jumladan, Uzun qishloq mahallasidagi “Xurramov Asilbek” oilaviy korxonasiga PQ–312-sonli qaror asosida Agrobank ATB tomonidan 100 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Mablag‘ korxonaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Chaqar mahallasida yashovchi Muhtor Shag‘dorov mahalla bankeri ko‘magida “Mahalla” loyihasi doirasida Agrobank ATBdan 50 million so‘m kredit olib, xonadonida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Bunday loyihalar aholining bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallalarda barqaror daromad manbalarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun