Javob berishiga to‘g‘ri keldi

Date:

Fevral oyida bahor nafasi ufurib, kunlar anchayin isib qolganiga qaramay, anomal sovuqni boshimizdan o‘tkazganimizni hali unutganimiz yo‘q. Ana shunday sharoitda ham obodonlashtirish xodimlari, elektr energiyasi va gaz ta’minoti mutaxassislarining tinim bilmay mehnat qilgani, albatta, tahsinga sazovor. Buni kimdir bildi, kimdir esa yo‘q…
Jarqo‘rg‘onlik M.Salim tok o‘chgani uchun mahallasi hududida joylashgan tuman elektr ta’minoti korxonasiga borib, ETKda qo‘shimcha navbatchi bo‘lib turgan montyor K.Chorini so‘roqqa tutadi.
Odob qoidalarini unutib, “siz” so‘zi “sen”ga aylanadi. O‘rtada janjal ko‘tarilib, montyorni qo‘li bilan bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazadi. Aslida-ku, ana shunday sinovli kunlarda gaz ta’minotida, elektr energiyasida uzilishlar bo‘lgani haqiqat. Buni esa xalqimizning har bir vakili sabr va sabot ila yengdi. To‘g‘ri, hech kimga oson bo‘lgan emas. M.Salim esa sabr-toqatni-da unutib, mushtumzo‘rlik yo‘lini tutdi. Xolbuki, bu qilmishi bilan na uyiga chiroq yondi. Qaytamga Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun