HUNAR VA TIL O‘RGANISH JAMIYATGA NAF KELTIRADI

Date:

Inson qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar til bilishi zamon talabiga aylangan. Ilm yo‘lidan ketamizmi yoki tadbirkorlik, albatta, til bilsak, imkoniyatlarimiz kengayadi, dunyo bilan yuzlashib, o‘z sohamizda muvaffaqiyatlarga erishishimiz tayin. Sho‘rchi tuman hokimi U.Zokirov Sho‘rchi kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib, hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashar ekan, hunar va til o‘rgangan inson jamiyat uchun doimo naf keltirishini, har bir inson o‘z o‘rnini topishi uchun biror chet tili va hunarni mukammal o‘rganishi zarurligini taʼkidladi.
Bibiniso Meliqulova 39 yoshda, 5 nafar farzandning onasi. Tikuvchilikka bo‘lgan mehr-muhabbati sabab ushbu markazda tikish-bichish sirlarini o‘rganayotir. Qisqa muddatda qo‘li kelishib, tikish-bichishda ustozlaridan qolishayotgani yo‘q. Bo‘lajak tikuvchi ayol marrani katta olgan, tikuvchilik kurslarini tamomlagach, albatta, ingliz tilini ham o‘rganmoqchi. Kelgusida o‘z faoliyatini boshlashi va rivojlantirishda bu muhim ekanini ta’kidlaydi B. Meliqulova.
Sho‘rchi kasb-hunarga o‘qitish markazida Bibiniso kabi 274 nafar ishsiz fuqaro jalb qilingan. Hozirgi kungacha 151 nafari kurslarni tamomlab, sertifikat olishgan bo‘lsa, 123 nafari o‘qish jarayonida.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun