Yangi istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Date:

Qiziriq tumanining Yangi hayot mahallasida aholi, xususan, yoshlar va nuroniylarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan “Istara” istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman hokimi Sherxon Allamurotov, viloyat nuroniylari, jamoatchilik vakillari va mahalla aholisi ishtirok etdi.

Bog‘ hududida yashil maydonlar tashkil etilib, bolalar uchun xavfsiz attraksionlar o‘rnatilgan. Yangi maskan mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar va oilalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qiladi.

Tadbirda nuroniylar yangi istirohat bog‘i uzoq yillar davomida aholiga xizmat qilishi, yurtimiz tinchligi va farovonligi bardavom bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun