Oltinsoyda uzumchilik qayta tiklanadi

Date:

Uzum Oltinsoyning brendiga aylanib ulgurgan. Tuman bo‘ylab kezsangiz, gektarlab yer maydonlaridagi tokzor-u uzumzorlarga ko‘zingiz tushadi. Uzum pishgan mahalda esa ushbu uzumzorlarga kirib, bog‘bonning o‘zidan mahsulotni xarid qilaverasiz.

Afsuski, yillar davomida qurg‘oqchilik va e’tiborsizlik sabab ana shunday tokzorlar qarovsiz qoldi. Uzum unmadi. Ammo, iqlim, shart-sharoit jihatdan qulay bo‘lgan hududni uzumchilikka ixtisoslashtirib, sohani rivojlantirish davr talabi. Shu sababdan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida Oltinsoy tumanida yangidan 1000 gektar yer maydonida voish usulida zamonaviy uzumzor barpo etish rejalashtirilgan. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda joriy yilda 500 gektar foydalanishdan chiqib qolgan, suvsiz va qarovsiz bo‘lgan maydonlarda intensiv usulda, tomchilatib sug‘orishga asoslangan texnologiyali uzumzor tashkil etiladi.
Ushbu uzumzorlarga esa mahalliy Obishir va Xo‘jasoat qishlog‘ida istiqomat qilayotgan, uzumchilikda katta tajribaga ega bog‘bonlar mehnat qilishadi. Ularning xizmati natijasida yaratiladigan yangi bog‘lar xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi tayin.
Loyihaning umumiy qiymati 120 milliard so‘m bo‘lib, shundan 35 milliard so‘m Bog‘dorchilik uyushmasi tomonidan ajratiladi. Loyihaning ikki bosqichi ham to‘liq ishga tushirilgach, 1 ming 840 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Keyingi bosqich 2024-yilda amalga oshiriladi va unda ham 500 gektar maydon o‘zlashtirilib, yangi uzumzorlar barpo etiladi.
Mas’ullar ishtirokida mazkur loyiha muhokama qilindi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun