… to‘lov summasi pasaytirildi

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi masʼul xodimi Rahmatullo Qurbonov so‘zga chiqib, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qarori borasida to‘xtaldi.

Mazkur qaror bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonidagi to‘lov summasi pasaytirildi hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarishning soddalashirilgan yangi tartibi joriy qilindi.

Jismoniy va yuridik shaxslarda doimiy foydalanishda (egalikda) bo‘lgan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati barcha hududlar bo‘yicha yer solig‘ining bazaviy soliq stavkasi 10 barovarga boshqa hududlarga 5 baravari miqdoriga kamaytirildi. 2022-2023-yillar mobaynida 3178 ta jismoniy va yuridik fuqarolar tomonidan arizalar topshirilgan, shundan 70 tasi 1,36 milliard so‘mga xususiylashtirilib, davlat orderlari berilgan.
Shu jumladan matbuot anjumani davomida elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi viloyat vakili Lutfullo G‘oipov onlayn auksionlarni tashkil etish tartibi haqida tushuntirdi.
Yakunda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

D.Qo‘zimurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun