Bankomatlar integratsiya qilinadi

Date:

Uzcard va Humo bankomatlari may oyigacha integratsiya qilinadi. Natijada Humo bankomatlaridan Uzcard kartalari orqali, Uzcard bankomatlaridan esa Humo kartalari orqali naqd pul yechib olish imkoni tug‘iladi. Shu paytga qadar esa bunday xizmat turi integratsiya qilinmagani tufayli, qaysidir bankomatda mablag‘ tugab qolsa, quruq qo‘l bilan qaytishga to‘g‘ri kelardi. Qisqa fursatlarda esa bu muammo ham yechim topadigani aholini quvontirgani rost.
Bu haqida esa matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi. Aytish kerakki, Uzcard va Humo tizimlari integratsiyasi 2021-yilda boshlangan edi. Tomonlar birining kartasi ikkinchisining terminalida ham ishlashiga kelishib olingandi. Ammo, bu jarayon hali amaliyotda ishga tushmagan edi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun