Yana bir davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Date:

Stipendiant bo‘lish talaba-yoshlarning bilim va izlanishlarini munosib baholaydigan va rag‘batlantiradigan, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, kelgusida yanada shijoat ila harakat qilishiga undaydigan kuchdir. Buning uchun talaba a’lo baholarga o‘qishi, iqtidor va layoqatini ko‘rsata olishi, faol va tashabbuskor bo‘lishi lozim.
Stipendiant nafaqat ma’lum muddat davomida pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi, balki oliygohning keyingi bosqichlarini davom ettirish imkoniga ham ega bo‘ladi. Istagan yosh ana shunday stipendiyalarga nomzodini taklif etib, g‘oliblik uchun kurashishi mumkin.
Ana shunday davlat stipendiyalari sonining yana bittaga ortgani esa talaba-yoshlar imkoniyat va imtiyozlarini kengaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Tarix va geografiya yo‘nalishlarida tahsil olguvchi talabalargina ushbu davlat stipendiyasiga nomzodlik qilishlari mumkin. Qarorda Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi belgilangan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun