Hisob 5:0…

Date:

Termizlik umidli yosh bokschi Dilshod Abdumurodov Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Albatta, Osiyo chempionatidagi har bir bosqich uchun ringga chiqish, raqibini yengish bokschilar uchun oson bo‘lgan emas. Avvalo raqibni kuzatish, uni o‘rganish va unga qarshi kurashish va qaqshatqich zarbani bera olish uchun qulay vaziyatdan foydalanish lozim. Sababi har bir bokschi professional darajada shug‘ullangan va ustunliklarga ega. Boks sport turining muxlislari esa jarayonni kuzatib turib bunga amin bo‘lishlari mumkin.
Ana shunday sharoitda Dilshod Abdumurodov finalgacha yetib bordi. Finalda esa 60 kilogramm vazn toifasida mezbon Putanet Rodsukga qarshi ringga ko‘tarildi. Shubhasizki, har ikki tomon ham kuchli, ammo Dilshodning ustunligi yaqqol sezilib turdi. Va vohadoshimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...

Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik...

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...
KunTun
KunTun