Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida

Date:

Qarisi bor uyning parisi bor. Haqiqatan ham shunday. Xonadonida keksasi bor oilaning o‘g‘il-qizlaridagi tarbiya, madaniyat, o‘zini tutish odobi darrov seziladi. Buvijonining tarbiyasini olgan qizlar sarishta, odobli, shirinsuhan va mehnatga chiniqqan bo‘ladi. Buni qo‘ni-qo‘shnilarning, mahalla-ko‘yda buvijoni bor qizlarni kuzatib turib ham amin bo‘lgansiz.
Kattalarni hurmatlash, nasihat va so‘zlariga quloq tutish xalqimizda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bunday tushunchalarning borligi uchun ham tarbiya, madaniyat borasida Sharq ibrat va namuna bo‘la oladi. Milliy qadriyatlarimizni nafaqat oiladan, balki har nafasda o‘rganishni odat qilsak, bu hayotimizga, e’tiqodimizga singadi. Ayni maqsadda boysunlik Malika buvi Podshoyeva nafaqat nabiralarini, balki tuman yoshlarini-da, o‘z farzandidek ko‘rib, qanotlari ostida jipslashtirishga urinadi. Hunarmand momo hunarmandchilik markazida barchani mehnatga, yaratuvchanlikka chorlaydi. Qizlarga tikish-bichish, kashta solishni o‘rgatish bahonasida, ish ustida doimo qiziqarli rivoyat va voqealarni so‘zlaydi. Qissadan xulosalar chiqarishga undaydi. Shirinsuhanlik ila aytganlarini qizlar ham qulog‘iga tumordek taqishadi. Mana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan Boysunda hunarmand va chevar qizlarning soni ko‘p. Ularning tavoze’ligi, tarbiyasini ko‘rsangiz, kuzatsangiz, albatta, kelin qilishni ko‘nglingizga tugishingiz aniq.
Tumandagi hunarmandchilik markazida buvijon tomonidan tashkil etilgan “Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir esa millik odatlarimiz, qadriyatlarimizga, qolaversa, hunarmandchilikka qiziqqan yoshlar sonini oshishiga xizmat qilayotir.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun