Tashabbus o’zini oqladi

Date:

Mustaqil bir ishni boshlayman desangiz, gap mablag‘ga borib taqaladi. Imkonsizlik esa boshingizga g‘ujg‘on urayotgan g‘oyalarga to‘sqinlik qiladi. Jarqo‘rg‘onlik Yulduz Mardonaqulova ham kiyim-kechak tikishga qiziqadi. Ustiga-ustak u yashayotgan “Mingchinor” mahallasida ayollar va bolalar kiyimlariga buyurtma beruvchilar ko‘p. Yulduz esa arzon va sifatli kiyim-kechaklar tikib, sotishni yo‘lga qo‘yishni orzu qilardi. Zamonaviy tikish mashina olish esa u uchun xayoldagi ro‘yodek gap edi.
Mana shunday paytda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, ish bilan taʼminlash, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga eʼtibor qaratildi. Shunga muvofiq hududlardagi uyushmagan va ishsiz yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va ularga kasb-hunar o‘rgatib, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar otaliqqa olish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga ham Jarqo‘rg‘on tumanidagi 30 nafar uyushmagan va ishsiz yigit-qiz otaliqqa berildi. Ana shu yoshlar ichida Yulduz ham bor edi. Qisqa muddatda boshqarmada tashkil etilgan ishchi guruh otaliqqa olingan yoshlar bilan alohida shug‘ullanib, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suhbat olib bordi. Natijada ishsizlar ishli bo‘ldi. O‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lganlarning-da istaklari o‘z ro‘yobini topdi. Shuningdek, o‘qish kontrakt pulini to‘lashga ko‘maklashish, sog‘ligini tiklash kabi masalalarda ham muammolar hal etilmoqda. Qolaversa, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Umarov otaliqqa olingan yoshning 7 nafari bilan uchrashib, ularning to‘rt nafariga payvandlash uskunasi, uch nafariga tikuv mashinasini topshirib, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashdi. Yulduz Mardonaqulovaga esa zamonaviy tikuv mashinasi berildi. Shundan so‘ng, munosib rag‘bat topgan yoshlar qatori Yulduz ham tikuvchilikni yo‘lga qo‘yib, uyida o‘tirgan holda daromad ko‘rishni boshladi.
Demak, ishonch bilan aytish mumkinki, yoshlarning manfaatini ko‘zlagan tashabbus o‘zini oqlamoqda. Yoshlar o‘z orzu-istaklari, maqsadlarini ro‘yobga chiqarib, o‘zi va o‘zgalarga, el-u xalqqa naf keltirayotir. Maʼlumotlarga ko‘ra, viloyat bojxona boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumanida otaliqqa olingan va shu kungacha vaqtincha ishsiz bo‘lgan yigit-qizlardan 14 nafarining bandligi taʼminlandi. Ishchi guruh o‘rganishlari yakuni bilan yana 16 nafari o‘zi istagan kasb bo‘yicha ish joyiga ega bo‘ladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun