15 ming 410 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan

Date:

Palov o‘zbekning sevimli milliy taomi. Har kuni qozonimizda osh damlasak-da, anchadan buyon osh yemagandek, ishtaha ila paqqos tushiramiz. Oshga mehrimiz sabab bozorlarimizda guruchga bo‘lgan talab yuqori. Bu esa albatta, narxga ham ta’sir etmay qolmaydi. Xorazmning guruchlari esa naviga qarab bahosi ham oshib boraveradi. Narx qancha bo‘lsa-bo‘lsin-u, oshimizning mazasi yomon bo‘lmasin. Ammo, shunga qaramay, guruch o‘zimizda yetishtirilsa, bahosi o‘ylantirmasmidi. To‘g‘ri, o‘zimizda ham guruch yetishtiriladigan hududlar bor, ammo bozorni egallash darajasida emasligi, attang deydigan holat. Vaziyat va holat esa sohaga e’tibor qaratishni talab etadi. Hududlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va bog‘dorchilik bilan ixtisoslashtirishiga e’tibor qaratilayotgan bir paytda Muzrabot tumani sholikorlik uchun har tomonlama qulay hudud ekanini sohada katta tajribaga ega insonlarning o‘zi tasdiqlaydi.
Sholikorlikni rivojlantirish maqsadida “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan Amudaryoning Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi qismi qirg‘oqlaridagi yer maydonlarida sholi yetishtirish va qayta ishlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha ishga tushirilgach, 2023-yilning o‘zida 18 ming tonna sholi yetishtirish, 9 ming 900 tonna guruch tayyorlash, 2024-yilda mos ravishda 30 ming tonna sholi, 15 ming 410 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Viloyat rahbari hududlarda olib borilayotgan ishlar, korxonalar faoliyati va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumanida bo‘lganida MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ham tanishdi. Va bu bo‘yicha tadbirkorlarga o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, masʼullarga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun