Ijtimoy tarmoqlar va OAV orqali ichki ishlar xodimlariga zo‘ravonlik qilganlar yoki soha vakillarining kasbiga va xizmat intizomiga amal qilmaganliklari haqidagi xabarlar tez-tez berib boriladi. Ana shunday paytda nega endi ichki ishlar xodimlari kasb etikasiga, ma’lum majburiyat va burchlariga amal qilmayotgani haqidagi savolni o‘rtaga tashlaymiz.
Davlat rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi PQ—10-son qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi. Va shu bilan ularning majburiyat va burchlari, huquqlari haqida yetarlicha tushuntirishlar keltirildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimi mazkur kodeksga so‘zsiz amal qilishi lozim.
Ichki ishlar organlariga qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi. Intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etiladigan xodimlarni boshqa sohaviy tuzilmaga o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yiladi.
IIOga xizmatga birinchi marta qabul qilinadiganlar, albatta, Malaka oshirish institutida 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Bu ham ishga qabul qilinajak nomzodlarning ishiga, kasbiga bo‘lgan munosabatni, mas’uliyat hissini oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, qabul qilingan Qaror bilan IIO kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi, ya’ni “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
S.Davlatova