Nasihat va va’zxonlik bilan ish bitmaydi

Date:

Har qanday muammoni bartaraf etish uchun avvalo uning ildizini topish va bartaraf etish lozim. Gap uyushmagan yoshlar haqida ketar ekan, masalaga chuqur yondashmoq lozim. Shunchaki nasihat va va’zxonlik bilan ish bitmaydi. Qiziriq tumanidagi 4-sektorda istiqomat qiluvchi, sektor rahbariga biriktirilgan 20 nafar uyushmagan yosh bilan ishlashda ham ana shunday aqidaga amal qilinayotir. Dastavval ular tuman 4-sektor shtabiga taklif etilib, uchrashuv tashkil etildi. Suhbat bahonasida uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida har bir yoshning qiziqishi, dunyoqarashi, taʼlim olishi, kasb-hunarga munosabati, tadbirkorlikka layoqati va boshqa mavzularda suhbatlashildi. Eng birinchi masala yoshlarning bandligini taʼminlash. Shu maqsadda yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi va tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlarga MFY hokim yordamchilariga kredit mablag‘lari ajratishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Kelgusida sektor rahbariga biriktirilgan har bir yigit-qiz bilan manzilli ishlash asosiy ustuvor vazifa sifatida doimiy nazoratda bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun