Yorma immunitetini ko‘taradimi?

Date:

O‘zbek milliy taomlari foydali va to‘yimli ekani bilan qimmatli. Bu taomlarni sanasangiz, sonini va faoydasini aytib ado etib bo‘lmasa kerak. Ana shunday milliy taomlarimizdan biri — yorma. Yorma to‘yimli bo‘lish bilan birga organism uchun kon-u foyda. Ayniqsa, mana shunday qish-qirovli kunlarda, albatta, momolarimiz qozonida yorma qaynab, butun oilaning qorni to‘qlangan. Immunitetini ko‘tarib, tanani sovuqdan asragan. Hozirchi? Bunday taomlarni tayyorlash “menyu”mizdan chiqib ketgan yoki umuman xabardor emasmiz. Sherobod tumanining “Uch yog‘och” mahallasida 4-sektor rahbari Sh.Jumayev hamda mahalla raisi, hokim yordamchisi tashabbusi ila mahalla ahli yorma taomidan bahramand bo‘ldilar. Mahalladagi Xonaqo, Qorachashma, Chillaxona va Yoshlar guzarlarida doshqozonlarda yorma taomi tayyorlanib, aholiga tarqatildi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam taʼminlangan 40 dan ortiq oila farzandlariga qishki kiyim-boshlar ulashilgani kemtik ko‘ngillarga bir olam quvonch ulashdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun