Kamtarona dasturxon yozildi

Date:

Erta tongdan mahallangiz hududida o‘choq-qozon tayyorlab, chodir tikishsa, hayron qolmang. Sovuq ob-havo hukronlik qilayotgan mana shunday kunlarda harbiy xizmatchilar xalq kayfiyatini ko‘tarish, issiq ovqat ulashishdek savobli ishni boshlab yuborishgan. Birgina shirin so‘z ila kayfiyati ko‘tariladigan o‘zbek xalqiga kamtarona dasturxon yozib, issiq taomlar va ichimliklar tortiq etishayotir.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi Sariosiyo garnizonida joylashgan harbiy qism tomonidan tashkil etilayotgan mazkur ezgu ishlarning navbatdagi manzili Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahalla fuqorolar yigʻini boʻldi. Erta tongdan mahalla hududida ish boshlagan vatan himoyachilari tez fursatda ikkita chodir tiklab, 120 oʻrinli joy hozirlashdi. Dala oshxonalari yoyilib, o‘choqda o‘tin qaladilar. Palovxonto‘rani obitobiga keltirib pishirdilar. Mazali jizbiz hidi dimog‘iga urilgan borki, tayyorgarlik avjida bo‘layotgan tomonga oshiqishdi.
Qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, kelganlarni yorug‘ chehra ila dasturxonga chorlayotgan harbiy xizmatchilar mehmonlar xizmatida bo‘lishdi. Ha aytgancha, mana shunday mehmonnavozlikka kela olmagan nogironligi bor insonlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Savob ishni boshlaganlar ana shunday insonlar uyiga borib yo‘qlandi. Hol-ahvol so‘rash bahonasida issiq taom va sarxil ne’matlar ulashildi. Qolaversa, yoʻllarni qor va muzdan tozalab berayotgan zahmatkash xizmatchilar ham yoddan ko‘tarilmadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun