Ishsiz yoshlarga 160 ta ish o‘rinlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

Date:

Ishsizlik ko‘plab illatlarga debocha bo‘lishi mumkin. Ishsizlik — nochorlikka, kambag‘allikka, imkonsizlikka sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham yoshlar bandligini ta’minlash har doim dolzarb muammo sanaladi. Jamiyat hayotida barcha ish bilan band bo‘lsa, yaratuvchanlik, ishbilarmonlik muhiti hukmron bo‘ladi. Yangidan-yangi g‘oyalar, fikrlar, tashabbuslar ham ayni shunday muhitda yaraladi.
Surxondaryo viloyatida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvini Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazdi.
Tuman Madaniyat uyida o‘tkazilgan uchrashuvda yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Uchrashuv davomida ishsiz yoshlarga 160 ta ish o‘rinlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun