Jarqo‘rg‘on tumanida shifoxonalar faoliyati o‘rganildi

Date:

Issiq jonning isitmasi ob-havoning injiqliklari, qishning izg‘irini-yu, yozning issig‘iga qarab o‘tirmaydi. Ayniqsa, bugungidek anomal sovuqda shifo maskanlarida yetarlicha shart-sharoit yaratish, kerakli issiqlikni ta’minlab berish muhim. Tibbiy xizmat bilan birga yaratilgan shart-sharoit ham bemorning tezda tuzalishiga xizmat qiladi. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi o‘rganish ishlarini tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi faoliyatini o‘rganish bilan davom ettirdi.
Shifoxonaning infeksion kasalliklar va bolalar bo‘limlarini ko‘zdan kechirib, bemorlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimining ishlash holatini ko‘zdan kechirdi.
Isitish tizimida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, bemorlar va ularning yaqinlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun