Nosozlik bartaraf etidi

Date:

Bugungidek izg‘irin sovuqda pechlarimizdagi zangori olov jonimizga ora kirib, uyimizni isitadi. Qarabsizki, qishni betalafot o‘tkazib olamiz. Ammo, shunday paytda gaz ta’minotida nosozlik bo‘lsa bormi, sarosimaga tushib qolish hech gap emas.
Boysun tumanidagi “Mustaqillik” va “Bog‘ibolo” mahallasidan o‘tuvchi D-159 mm gaz quvuri yorilib, natijada gaz sizib chiqa boshlagan. Ushbu nosozlikni aniqlagan soha mutaxassislari ortiqcha ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida ushbu hududdagi gaz ta’minotini darhol to‘xtatib, kamchilikni bartaraf etishga kirishishdi.
Qisqa fursatda taʼmirlash ishlari olib borilib, nosozlik bartaraf etildi va bir necha soatda tumandagi “Mustaqillik”, “Obi”, Poygaboshi, Kosiblar, “Bog‘ibolo”, “Tuzbozor”, “Chorchinor”, “Bibishirin” mahallalarida istiqomat qilguvchi aholi xonadonlariga tabiiy gazni yetkazib berish taʼminlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun