Hokim minnatdorchilik bildirdi…

Date:

Noqulay ob-havo sharoiti kuz-qish mavsumiga naqadar tayyor ekanimizni yana bir bor ko‘rsatgandek bo‘ldi. Xalqning birdamligi, hamjihatlikda ish olib borishi esa har qanday kamchilikni to‘ldirib, muammolarga yechim topishga sharoit yaratib berayotir. Ayniqsa, anomal sovuq kunlar kuzatilayotgan hozirgi vaqtlarda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash eng ustuvor masala ekani soha xodimlariga katta mas’uliyat yukladi. Ular sovuqni sovuq, tunni tun demay joylarda sodir bo‘layotgan elektr energiyasi uzilishlarini tezkor bartaraf etish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlab berayotgani tahsinga sazovor.
Fidoyi soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, hududlardagi kamchiliklarni vaqtida bartaraf etsh va aholining qishni betalafot o‘tkazishini ta’minlash maqasadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tashrif doirasida tuman aholisi va qo‘shni tumanlarning bir qator hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/10 kVtli transformator punkti hamda “Surxon 500” yordamchi stansiyasida sodir bo‘lgan nosozliklarni masʼullar bilan joyiga borgan holda o‘rgandi.
Viloyat rahbari tozalash ishlarini olib borayotgan Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari, elektr energiyasi nosozliklarini bartaraf etayotgan “Tezkor brigada” muxandislari hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlayotgan Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan suhbatlashdi. Sovuq kunlar bo‘lishiga qaramay, o‘z vazifalarini masʼuliyat bilan bajarayotganligi uchun ularga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi. “Hormang”ga kelgan viloyat hokimi sovuqda mehnatini ayamay xizmatda bo‘lganlarga issiq kofe ulashdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun