O‘qituvchilar qonun himoyasida

Date:

Qadimda ota-onalar farzandini shogirdlikka berayotib, “suyagi bizniki, go‘shti sizniki” degan ekan. Bu gap mag‘zini chaqadigan bo‘lsangiz, ursangiz ham, tanbeh berib jazolasangiz ham, farzandimdan olim-u fozil, bilimdon shaxs chiqsin degan maqsadni ko‘zlaganiga amin bo‘lamiz. Hozirchi? Shunday zamon bo‘lganki, o‘quvchi ustozining yuziga tik qarab gap qaytarishi, eshikni yuziga sharaqlatib yopib ketishi ham mumkin. Hech qanday uzr-ma’zursiz keyinki kunda darsga kirib o‘tiraveradi. O‘qituvchi ham eski gaplarni qo‘zg‘ab, o‘z hurmatini to‘kkandan ko‘ra sukutni afzal biladi. Boshqa tomondan o‘quvchi-yoshlarning o‘zlarini bunday tutishlariga eng birinchi sabab ularning ota-onasi. Farzandi sal tanbeh eshitdimi, borib maktabni boshiga ko‘tarishadi va ustozning yoqasidan tutadi.
Afsuski, ustozga kuch ishlatadigan, husumat saqlab yurib, o‘ch olishni reja qiladiganlar haqidagi gap-so‘zlarni ham tez-tez eshitib turamiz. Bu pedagogni obro‘sizlantirish, xizmat vazifasiga to‘sqinlik qilishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlarga chek qo‘yish, qolaversa, o‘qituvchi-pedagoglarni boshqa yumushlar bilan band qilib qo‘yishlarining oldini olish maqsadida ularning huquqlari qonun bilan himoyalanadigan bo‘ldi. Ya’ni, pedagoglarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha), agar u mansabdor shaxs bo‘lsa, BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pedagog ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi arizasida – huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ham ega.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ro‘zg‘origa baraka inib…

Pilla deganda mittigina ipak qurtining g‘imir-g‘imir g‘umbak to‘qiyotgani, ko‘zlangan...

“Karyera kuni”: 120 nafar fuqaro ishga joylashdi

Yoshlikdan maqsadni va marrani katta olamiz. Qiziqishlarimiz baland bo‘lgan...

“Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Jizzax shahrida “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat...

Muzeyimiz eksponantlari dunyoning nufuzli ko‘rgazmalarida…

Ayrim rivojlangan davlatlarda muzey eshigi oldida uzoq navbatlar kutishadi....
KunTun
KunTun