Takliflar tinglandi

Date:

Har bir sohaning qanday yo‘llar bilan rivoj topishini o‘sha tizimda faoliyat yuritguvchi mutaxassisdan yaxshi biladigan topilmasa kerak. Ayni shundayin, zargarlik sohasini olib qaraydigan bo‘lsak, sohani yanada rivojlantirish uchun qanday yo‘l tutmoq kerakligi o‘rtaga tashlanadigan muhim savollardan biridir.

Davlat rahbari huzurida joriy yilning 7-noyabr kuni o‘tkazilgan mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida zargarlik sohasini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilinib, qator vazifa va topshiriqlar belgilab berilgan edi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishda zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun joriy yil 1-dekabrdan boshlab bir qator qulaylik va imtiyozlar berilishi ta’kidlanganini eslatib o‘tmoq lozim.

Termiz shahridagi “Zargarlik markazi”da viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda Respublika Markaziy bank raisining o‘rinbosari Bobir Abubakirov zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, soha rivoji uchun qilinadigan ishlar xususida suhbatlashishdi.

Uchrashuvda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning sohani rivojlantirish borasidagi taklif va muammolari tinglandi. Ularga yaratilayotgan qulayliklar, faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun joriy qilinayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida viloyatda zargarlikni rivojlantirish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tish joizki, joriy yilning 1-dekabridan boshlab zargarlikda, oltin va kumushni kechiktirib to‘lash bo‘yicha kafolotlarni qabul qilish (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham), oltin, kumush va zargarlik uchun zarur xomashyolarni qayta ishlash bo‘yicha vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabini bekor qilish, qimmatbaho va bezak toshlarini bojxona to‘lovidan ozod qilish hamda boshqa turdagi yengilliklar joriy qilinadi. Shuningdek, 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun