“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Date:

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 30.12.2021-yilda qabul qilingan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalda tatbiq etish belgilab berilgan edi. Farmonga asosan mamlakatimizda keng miqyosda ko‘klamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘zini shu Vatan, yurt, millat uchun daxldor deb bilgan har bir yurtdoshimiz ushbu tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, bu sohada korxona va tashkilotlarning hissasi katta. Ko‘chat ekib, yurtni ko‘kalamzorlashtirish orqali nafaqat uning ko‘rki – chiroyi ochiladi, balki o‘lkamiz tabiati boyishi bilan birga atrof-muhit musaffo bo‘ladi.

Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi hududida obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda turli daraxt va gul ko‘chatlari o‘tkazish an’ana tusiga kirgan. Kuni kecha markaz hududiga 150 tup archa daraxti ko‘chatlari o‘tkazilgan ekan.

–Hadisi sharifda “Garchi qiyomat boshlanib qolsa ham qo‘lingizdagi ko‘chatni eking!” deyiladi. Bundan ko‘rinadiki, ko‘chat ekish islomda nihoyat darajada ulug‘lanadi. Ko‘chat o‘tqazish tadbirida ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi o‘qituvchi hamda murabbiylar qatorida talaba-yoshlar ham faol eshtirok etishdi. Natijada markaz atrofi ko‘rkam bir qiyofa kasb etdi, – deydi Markaz direktori Sh.Umarov.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun