Ezgu tilaklar hamrohligida yugurishdi…

Date:

Elga to‘y kelsa, o‘zbekning yosh-u keksasi qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib xizmatda bo‘lishi odat va an’ana tusini olgan. Oltinsoy tumanida O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tishi haqidagi xabar tezda ovoza bo‘ldi-yu, xalqning birdamligi tezda sezildi. Marafon tumandagi “Qoratepa” va “Bo‘ston” mahallalarini bir-biriga bog‘lovchi zamonaviy yo‘lda o‘tkazildi. Ko‘p bilan har qanday tadbir va sport musobaqasi qizg‘in tus olar ekan. Bunga oltinsoyliklar marafonda ishtirok etish asnosida amin bo‘ldilar.

Sportga qiziqqan bormi, qiziqmagan bormi, yugurishga kirishgan. Yo‘l-patrul xizmati va tibbiyot xodimlari ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi uchun qayg‘urib, xalq bilan hamnafas ketayotgani barchaning ko‘ngliga xotirjamlik tuyg‘usini uyg‘otadi.

Start chizig‘idan finishgacha bo‘lgan masofada yugurayotganlar ezgu tilaklar hamrohligida yugurishdi. Musobaqa nihoyasida barcha birin-ketin marra chizig‘i tomon yetib kela boshladi. Ehson Majidov o‘g‘il bolalar o‘rtasida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagan bo‘lsa, Sabina Alimardonova qiz bolalar o‘rtasida birinchi bo‘ldi. G‘oliblar munosib taqdirlanib, marafon barchaga manzur bo‘ldi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...

San’at – inson ruhiyatining ilhomi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tasviriy va amaliy san’at”...

Bitiruvchilar bandligiga yangi turtki

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va yoshlar...
KunTun
KunTun