“OPEN ASIA”dan hushxabar bilan…

Date:

Ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar iste’dodlarning iqtidorini namoyish etishda, o‘zlarini ko‘rsatib, yanidan-yangi qirralarining kashf etilishida katta maktab vazifasini o‘taydi. Muhimi yarq etgan iste’dod borki, izlanishdan to‘xtamasligi, bor imkoniyat va mahoratini ishga solishi kerak. Ispaniyada bo‘lib o‘tgan “OPEN ASIA” xalqaro ko‘rik-tanlovi ham yosh iqtidorlarga, san’atga oshno ko‘ngillarga ana shunday imkonni bera oldi.

Nufuzli ko‘rik-tanlovda Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining bir guruh o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Dutorchi qiz Charos Absoatova hamda duet ijroda Sevinch Pattayeva va Sadoqat Mirzayeva o‘z yosh toifalarida ishtirok etib, o‘z san’atlarini namoyish etishdi. Malakali hakamlar yosh san’atkorlarning mehnatini munosib baholab, faxrli 1-darajali diplom va tanlovning oltin medallari bilan taqdirlashdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun