789 nafar o‘g‘il-qiz maktabga damasda boradi

Date:

Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibordan ko‘zlangan maqsad bitta – yoshlar munosib ta’lim-tarbiya olishlari, ertangi kun taqdirida o‘ziga xos burilish qilishlari lozim. Ommaviy axborot vositalari orqali qilingan chiqishlarda chekka-chekka hududlarda o‘quvchi-yoshlarning maktabga qatnashi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haminqadar ekani ko‘rsatilganda holatdan achinmay ilojimiz yo‘q. Ammo, OAVning kuchini qarangki, tinimsiz bong urishlar o‘z natijasini bermay qolmadi.

Birgina Surxondaryo viloyatidagi olis va chekka hududlardagi 26 ta maktabning filiali ta’mirtalab va o‘z faoliyatini olib borishda yaroqsiz. Ushbu maktab filiallarining faoliyati tugatilgani yaxshi yangilik bo‘lgan bo‘lsa, ushbu filiallarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar endilikda asosiy maktablarga borib o‘qishi, ularga kerakli shart-sharit va imkoniyatni yaratib beradi.

Yashash manzili olis bo‘lgan bolajonlarning asosiy maktablarga qatnashi muammosi ham hal etildi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining “Surxondaryo viloyati byudjetining joriy yil I chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori doirasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 26 ta umumta’lim maktablarining har biriga Damas rusumli avtomashinalari topshirildi.

Ushbu avtotransport vositalari kunning jaziramasi, qishning qahratonida ham olis maktablarga qatnaydigan 789 nafar o‘g‘il-qizning uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun