100 dan ortiq hunarmand ishtirok etdi

Date:

“Yosh hunarmandlar” festivali milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar uchun katta imkoniyat. Chuni ayni festival orqali o‘z ishlarini namoyish etadi. Qolaversa, tajriba almashish, ish o‘rganish, yangidan-yangi g‘oyalar tug‘ilishi, ilhomlanish uchun ham bir bahona. Uzun tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida ham “Yosh hunarmandlar” festivali tashkil etildi. Festivalda, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 100 dan ortiq hunarmand, Barkamol avlod markazi hamda mahallalarda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan hunarmandlar o‘z ijodiy namunalari bilan ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rmazmaga tashirf buyursangiz, bir-birdan ajoyib ishlarga ko‘zingiz tushadi. Milliy liboslarning naqsh va bezaklariga boqib, garderobingizda shu loboslardan bo‘lishini istasangiz, kashtachilik namunalari ko‘zlaringizni quvnatadi. Gilamdo‘zlik, o‘ymakorlik namunalariga esa mahliyo bo‘lib, hunarmand san’atiga tasanno aytasiz.

Ushbu festival ham tomoshabinlarda ayni shunday hissiyotlarni uyg‘otdi. Muhimi qo‘l mehnati ila tayyorlangan yaratiqlar hakamlar tomonidan munosib baholandi. Yakunda g‘olib hunarmandlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun