Imkoniyatlarni kengaytiruvchi mobil ilova yaratildi

Date:

Soliq va boshqa to‘lovlarni vaqtida to‘laysizmi? Balki to‘lov uchun soliq idorasiga borish, navbat kutish va vaqt masalasi sizni qiynab, o‘z vazifangizni bajarishga halqit berar. Endi esa bunday ovoragarchiliklarning oldi olindi. Buning uchun “Soliq” mobil ilovasini uyali telefongingizga ulasangiz bo‘lgani.

Bugungidek texnologiyalar rivojlangan bir paytda bunday imkoniyatlar insoniyatga qulaylik yaratadi. Surxondaryo viloyat hokimligi katta majlislar zalida kengaytirilgan tarzda videokonferentsaloqa shaklida “Soliq” mobil ilovasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyat kengashi deputatlari, tashkilot, idora, korxona va boshqarmalar rahbarlari hamda shahar va tumanlar hokimliklaridagi studiyalardan mas’ullar ishtirok etishdi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari esa “Soliq” mobil ilovasi imkoniyatlari, qulayliklari va afzalliklari haqida to‘xtalishdi. Namoyish etilgan videoqo‘llanma esa mazkur ilovani mobil aloqa vositasiga o‘rnatish va undan foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Aytish kerakki, mobil ilovadagi “Umumiy xizmatlar”, “Personal xizmatlar” va “To‘lov xizmatlari” bo‘limlaridagi interaktiv xizmatlar qisqa fursatlarda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o‘zini o‘zi band qilish, soliqlarni to‘lash, ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlar olish va ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun