Eng to‘g‘ri tanlov — vaksinatsiya…

Date:

Koronavirus bu ofat solgan vahima hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Sog‘ligimizga, shirin jonimizga xavf tug‘dirgani, ulkan yo‘qotishlar o‘zimizni asrashga, uyda qolishga majbur etdi.
Kutdik, qachon bu baloga qarshi vaksiya chiqadi-yu, tashqariga chiqamiz, kasallik chekinadi. nihoyat kutganimiz bo‘lib, olimlar tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ham ixtiro qilindi. Ommaviy ravishda emlandim.

Afsuski, koronavirusga chalinganlar haqida kunda, kunora eshitib qolamiz. Demak, hali ham xavf to‘la bartaraf etilmagan. Ogohlik, vaksinatsiya eng to‘g‘ri tanlov. Ammo, hali ham vaksina olmaganlar oramizda borligi ayanchli.
“Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Qiziriq tumanining “Takiya” mahallasida COVID-19 infeksiyasiga qarshi aholini emlashga keng jalb etish yuzasidan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mahalla faollari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda immunologiya mutaxassisi tomonidan COVID-19 infeksiyasiga qarshi aholini emlashga jalb etish, vaksinalar bo‘yicha maslahatlar, epidemiologik holat, COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayolga ehtirom

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti ayollari...

“Daromadli ayol”: yangi imkoniyat

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbirda Prezident...

Tartib va narx nazoratda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo”...

Hokim stipendiyasi qayta joriy etiladi

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida...
KunTun
KunTun