“Bir haftada bir asar”: tashabbus o‘zini oqladi…

Date:

Bir haftada bitta kitob o‘qisangiz, bir yilda 52-53 ta kitobni o‘qib tugatish mumkin. Bu esa olam-olam taassurot, mutolaaga ko‘nikma, hayotga boshqacha qarashga keng imkoniyat degani. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan “Bir haftada bir asar” loyihasi asosida o‘quvchilarning mutolaasi uchun har hafta bitta asar o‘qish uchun tavsiya etib borilayotir.

Bu asarlar o‘quvchi-yoshlar yoshiga, dunyoqarashiga xos va mosligi hisobga olingan holda tanlanayotgani e’tiborga molik, albatta. Birinchi haftada o‘quvchilar Chingiz Aytmatovning “Bo‘tako‘z” hikoyasini o‘qib, qaysidir ma’noda mutolaa ko‘nikmasini yaxshigina o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, ikkinchi haftada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani o‘qish uchun tavsiya etildi. Boshqa maktab o‘quvchilari qatori Termiz shahridagi 16-sonli IDUM o‘quvchilari ham hafta davomida asarni o‘qidi. Shubhasizki, olam-olam taassurotlar olib, ong-u shuurida, yuragidan o‘z jozibasi ila bu asar ham joy olishga ulgurdi. Asarning yangidan-yangi qirralarini kashf etishdi.

Hafta so‘nggida esa “Bir haftada bir asar” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bilimga, o‘qish va o‘rganishga chanqoq yoshlarning ko‘zlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonch, mutolaa zavqidan bahramand bo‘lganlikdagi his-hayajon mujassam. Katta ishtiyoq ila taqdimotga tayyorgarlik ko‘rishganini ularning chiqishlaridan, aytayotgan fikrlaridan, boy taassurotlaridan bilish qiyin emas.

Tadbir avvalida o‘quvchilar Abdula Qodiriyning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berib, so‘ng “Mehrobdan chayon” romani, mazmuni, ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tishdi.
Anvar va Ra’no qurgan ajib suhbatlardagi go‘zal aytishuvlar, samimiy va pok tuyg‘ularning betakror namoyishi mujassam bo‘lgan sahna ko‘rinishi esa barchaga manzur bo‘ldi.

Kitob o‘qib, taassurotlar aytishdan to‘xtamayotgan yoshlarga boqib, ishonch bilan aytish mumkinki, mutolaaga boshlaydigan tashabbus o‘zini oqlabdi. Yoshlar kitob o‘qishning zavq-u shavqini, foydasini anglabdilar.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun