Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Qosim Mardonov amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ullarga hududlar ozodaligini doimiy ta’minlash, ekilgan ko‘chatlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

