Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Date:

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etildi.

Tadbirda ta’lim sohasi mas’ullari, hududiy bolalar kutubxonalari vakillari, kitobsevar o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari aniqlandi.

Jumladan, “Ijodkor bolalar” yo‘nalishida Termiz tumanidagi 8-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Umida Muxammadiyeva, “Eng faol kitobxon maktab” yo‘nalishida Qumqo‘rg‘on tumanidagi 70-sonli maktabning “Zukko kitobxon” jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, “Eng faol kutubxonachi” yo‘nalishida Sherobod tumanidagi 36-sonli maktab kutubxonachisi Ruxiya Normamatova, “Eng faol kitobxon o‘quvchi” yo‘nalishida esa Oltinsoy tumanidagi 20-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Latofat Shaymardonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish va maktab kutubxonalari faoliyatini jonlantirishga hissa qo‘shayotgan bir guruh kutubxonachilar ham munosib rag‘batlantirildi.

Ta’kidlanishicha, tanlovlarga viloyat bo‘yicha 190 mingga yaqin o‘quvchi jalb etilgan, 12 nafar g‘olib o‘quvchi munosib taqdirlangan.

Festival doirasidagi badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun