Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazilib, 1-noyabrdan 1-dekabrgacha davom etadigan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi yuzasidan yo‘riqnoma berildi.
Shundan so‘ng Qumqo‘rg‘on tumani hokimi F. Xoliqov, tuman prokurori M. Hayitov, tuman IIB boshlig‘i M. Amonturayev hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Mo‘minov ishtirokida yig‘ilish davom ettirildi.
Unda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — hududda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdan iborat.

