Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida muhim infratuzilma ishlari amalga oshirildi.
Mahalla aholisining ovoz berish jarayonidagi faolligi natijasida hududdagi 3,3 kilometrdan ortiq ichki yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi. Natijada mahallada yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, aholining kundalik harakati uchun qulaylik yaratildi.
Fuqarolar tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va yashash muhitini yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda.

