Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea-hodisalardan muntazam xabardor qilib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda harbiy qismlardan birida shaxsiy tarkib ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilarga mamlakatimiz va harbiy sohadagi muhim yangiliklar, dolzarb voqealar hamda tahliliy materiallarni qamrab olgan “Hafta dayjesti” ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Ko‘rsatuv orqali harbiy xizmatchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitish, axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy axborot xurujlari va tahdidlariga nisbatan ogohligini oshirishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, harbiy jamoada sog‘lom ma’naviy muhit, o‘zaro hamjihatlik, intizom va xizmat mas’uliyatini mustahkamlash masalalari ham tadbirning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi.
Tadbir yakunida namoyish etilgan materiallar yuzasidan fikr almashildi. Harbiy xizmatchilarga axborotga tanqidiy yondashish, turli tahdidlarga nisbatan hushyor bo‘lish hamda Vatan oldidagi xizmat burchini mas’uliyat bilan ado etish muhimligi ta’kidlandi.
Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

