Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Date:

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda karta nima sababdan va qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan bloklanganini aniqlash uchun Markaziy bankka alohida murojaat qilish shart emas.

Markaziy bank, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlari o‘rtasida InfoCards axborot almashinuvi tizimi joriy etildi.

Yangi tizim orqali fuqaro o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilishi kifoya. Bank InfoCards orqali kartaning qachon, qaysi organ tomonidan va qanday sababga ko‘ra bloklanganini tezkor aniqlab, mijozga tegishli tushuntirish beradi.

Bu tartib fuqarolarning ortiqcha murojaat va ovoragarchiligini kamaytirib, karta bilan bog‘liq masalalarni tezroq hal etish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun