O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes aloqalari kengaymoqda

Date:

Termizda O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy muloqotlar davom etmoqda.

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi boshlandi. Unda O‘zbekistondan 90 dan ortiq, Afg‘onistondan esa 60 dan ziyod kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada to‘qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, charm-poyabzal, gilam va boshqa mahsulotlar namoyish etilib, tadbirkorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Muloqotlarda yangi savdo sheriklarini topish, eksport shartnomalarini tuzish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda Afg‘oniston bozoriga mahalliy mahsulotlarni kengroq olib chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Ko‘rgazma ikki davlat tadbirkorlarini bevosita bog‘lab, yangi shartnomalar, savdo yo‘nalishlari va hamkorlik loyihalari uchun muhim biznes maydoniga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun