Birdamlikda gap ko‘p

Date:

Mahalla obodligi, avvalo, odamlar kundalik hayotida seziladigan qulaylik va xavfsizlikda namoyon bo‘ladi. Bandixon tumanidagi Birdamlik mahallasida amalga oshirilayotgan yangi loyiha ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. “Og‘ir mahalla” sifatida tanlangan hududdan o‘tuvchi D167 avtomobil yo‘li bo‘yida qiymati 1,7 milliard so‘mlik, uzunligi 4,6 kilometr bo‘lgan zamonaviy piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda.

Ayni paytda uning qariyb 1 kilometrlik qismi foydalanishga topshirilib, o‘quvchilar, yoshlar va mahalla aholisi undan foydalanishni boshladi. Eng muhimi, yangi yo‘lak piyodalar uchun shunchaki qulaylik emas, balki avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanishda xavfsizlikni ta’minlaydigan muhim infratuzilma hisoblanadi.

Loyiha to‘liq yakunlangach, Birdamlik mahallasining qiyofasi yanada obodlashib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yangi imkoniyat yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun