Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Date:

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratilmoqda. Endilikda biznesni kengaytirish yoki yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur obyektlarni xarid qilish shartlari yengillashtiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, xaridor 15 foiz avans to‘lab, qolgan summani belgilangan muddatlarda amalga oshirishi mumkin. Aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, 25 foiz chegirma beriladi.

Shuningdek, qiymatning 50 foizini 6 oyda to‘lagan tadbirkorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Yana bir variant sifatida 35 foizini 3 oyda to‘lab, qolgan summani 5 yil davomida bo‘lib to‘lash mumkin.

Yer uchastkalari ham tadbirkor uchun tayyor holatda — loyiha, ruxsatnomalar va kommunikatsiyalarga ulanish bo‘yicha texnik shartlar bilan savdoga chiqariladi.

Mazkur yondashuv davlat aktivlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun