Mustaqillik shukuhi Minskda

Date:

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yangi amaliy loyihalar bilan mustahkamlanayotgan bir paytda Minsk shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga amaliy tashrifi doirasida tashkil etilgan tadbirda Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko, Parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar vakillari, diplomatik korpus hamda ishbilarmon doiralar ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va ko‘p qirrali hamkorlik yuksak e’tirof etildi. Belarus tomoni O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bildirilgan ezgu tilaklar va do‘stona munosabat uchun minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, hududlararo aloqalarni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun