Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Date:

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi mehnat va kelajak orzularini birlashtirgan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev, “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi Orzuqul Soatov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov, faxriy ustozlar, faol pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

Muloqot davomida avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analarini asrab-avaylash, yoshlarni ilm va ezgu maqsadlar sari ruhlantirish masalalari haqida fikr almashildi. Nuroniylarning hayotiy tajribasi va pand-nasihatlari yoshlar uchun o‘ziga xos hayot maktabi ekani ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar yosh avlodni milliy qadriyatlar, mehnatsevarlik va bilimga intilish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ezgu an’anaga aylangan mazkur uchrashuvlar viloyatning tuman va shaharlarida muntazam davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun